O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 31-mart kuni Tokio shahrida Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar beradi.
Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi borasida muzokaralar yakuniga yetdi va ikkala tomon uchrashuv joyi va vaqtini tasdiqladi.
Unga ko‘ra, uchrashuv Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin mahalliy vaqt bilan soat 19:25 (Toshkent vaqti bilan 15:25) da boshlanadi.
Izoh (0)