15-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari bilan hamkorlikda Birinchi jahon urushining yuz yilligiga bag‘ishlab, “Rojdestvo muborak” badiiy filmini namoyish etdi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kino saroyining rasmiy saytida xabar berildi.
Toshkentdagi Buyuk Britaniya elchixonasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, film 1914-yil dekabridagi Rojdestvo sulhi nomi bilan kirgan Birinchi jahon urushi voqealari haqida hikoya qiladi. Uning namoyishi o‘tgan yili G‘arbiy Yevropada keng nishonlangan Birinchi jahon urushi boshlanishining yuz yilligiga bag‘ishlandi.
Filmni 2005-yil bir qancha Yevropa mamlakatlari va Yaponiya kino ustalari tasvirga olgan.
Shuni qayd etish lozimki, ushbu badiiy film ingliz, fransuz va nemis tillarida ruscha subtitrlar bilan namoyish etildi.
Izoh (0)