Xalqaro antidoping agentligining xalqaro kurash federatsiyasiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi qonidan taqiqlangan preparat topilgan, deb xabar beradi “Uz24.uz”.
Ushbu sportchi Tailandda o‘tkazilgan Osiyo sohil o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida 81 kilogrammgacha bo‘lganlar musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Sanjar To‘xtashev ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chiqarilgan qarorga ko‘ra, To‘xtashev ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi va natijalari yo‘qqa chiqarildi. Tabiiyki, oltin medal ham olib qo‘yildi.
Qayd etilishicha, oltin medalni qaysi sportchiga berish borasida yakuniy qaror Osiyo Olimpiya qo‘mitasi va Osiyo sohil o‘yinlari tashkilotchilari o‘rtasidagi kelishuvdan so‘ng chiqariladi.
Izoh (0)