O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bemorlar ro‘yxatga olingan hududiga qarab klinikalardan (jumladan, respublika klinikalaridan) chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
“Uz24.uz” tahririyati Facebook’dagi “Obshestvenniy kontrol” guruhida berilgan Respublika klinikalarida Toshkentda ro‘yxatga olingan bemorlarni qabul qilish taqiqlangani haqidagi xabarga asoslanib Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilgan. Vazirlik o‘zining javobida bemorlarga tez yordam ko‘rsatuvchi davolash muassasalari joylashuvi tasdiqlangan vazirlik buyrug‘i mavjudligini, bu ro‘yxatdan ham Toshkent, ham Respublika klinikalari o‘rin olganini ma’lum qilgan.
Bemorlarning klinikalardan chiqarilishi ular ro‘yxatga olingan hududga ko‘ra emas, balki ularning ahvoliga qarab, tiz tibbiy yordam ko‘rsatishning tasdiqlangan standartlariga binoan amalga oshiriladi. Joylashuvni aniqlashtirishning zarurligi aholiga qisqa muddatlarda kerakli hajmda kechiktirmasdan yordam ko‘rsatish zarurati bilan izohlangan.
Izoh (0)