O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar beradi.
Savol: Vaqtingizni olmayman, so‘ramoqchi bo‘lganim: sizni Qosimov zaxiraga almashtirdi. Mabodo jarohat sabab emasmi? Yoki o‘zingiz so‘radingizmi?
Javob: Yo‘q, jarohat olmadim, Xudoga shukr. Bu murabbiyning qarori.
Savol: Tushunaman, birinchi o‘yin oson bo‘lmaydi. Nasib qilsa, ikkinchi o‘yin chiroyli chiqishi kerak.
Javob: Ha, men ham shu fikrdaman. Xitoyga qarshi mazmunliroq o‘yin bo‘ladi. Ular ham ochiq futbol namoyish qilishni yaxshi ko‘radi. Markazni berib qo‘ymasak, marra bizniki.
Savol: Hozircha, minimum vazifa nimadan iborat?
Javob: Biz guruhdan pley-offga chiqishimizni minimum vazifa deb hisoblaymiz. Albatta, finalda o‘ynashni istaymiz.
Savol: O‘zbekistonlik muxlislar terma jamoa bilan birga ekanligi va qo‘llab-quvvatlab turishini aytmoqda.
Javob: Biz ham bunga umid qilamiz. O‘zbek xalqini xursand qilish uchun bor kuchimizni tashlaymiz.
Izoh (0)