“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Atletiko” ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1) haqida fikr bildirar ekan, klub rahbariyatidan jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike iste’fosini talab qilmaganini ta’kidladi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar beradi.
“Men klub rahbariyatidan hech kimni iste’foga chiqarishni so‘raganim yo‘q. Ushbu ma’lumot aynan ‘Barselona’dan chiqqani meni asabiylashtirdi. Biz birdam bo‘lishimiz kerak”, — deya katalon klubi rasmiy tvitteriga tayanib, Messi fikrlarini keltiradi “Sport-express.ru”.
Izoh (0)