O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi arafasida, 10-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 63-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasida parlament quyi palatasiga saylangan deputatlarga guvohnoma hamda ko‘krak nishonlarini topshirish tantanali marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saytida xabar berildi.
Unda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, deputatlar, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi 12-yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirilishi e’lon qilingan edi.
Izoh (0)