Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Ottava K.A.N” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘z avtotransport parkini yangilash va shuning barobarida aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan Isuzu SAZ NP37 rusumli avtobuslardan 6 dona xarid qildi. Bu haqda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yangi avtotransport vositalari shaharda va shahar atrofida yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziya varaqalari bilan ta’minlanib, bugungi kunda 370-sonli “Payariq AShB — Qo‘shrabot AShB”, 420-sonli “Payariq AShB — Dehqonobod qishlog‘i” hamda 367-sonli “Payariq AShB — Baliqchilik qishlog‘i” yo‘nalishlarida muntazam qatnamoqda.
Yangi avtobuslar xarid qilinishi 12 kishini ish bilan ta’minlashga imkon berdi, ularning aksariyati kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridir.
Izoh (0)