Sidneydagi Paramata shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Malayziyaning “Johor Da’rul Ta’zim” klubiga qarshi uchrashuvidan so‘ng “Da’rul Ta’zim” klubi bosh murabbiyi Boyan Xodak o‘yin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
“O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganimizdan juda xursandman. Chunki ushbu jamoa Osiyoning eng kuchli termalaridan biri hisoblanadi.
Biz ularga qarshi o‘yin orqali kelgusida qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishimiz lozimligini aniqlab oldik”, — deya OFK rasmiy sayti Boyan Xodak fikrlaridan iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Sidney shahrida Malayziyaning “Johor Da’rul Ta’zim” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)