Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda, mamlakatning ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Yanbuda, shuningdek Taif va Bish shaharlarida tarkibida cho‘chqa go‘shti bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvga chiqdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, bu holat Saudiya Arabistoni Savdo va sanoat vazirligi yo‘llagan inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotdan keyin aniqlangan.
Saudiya Arabistonining oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlari sifatini nazorat qilish boshqarmasi bunday mahsulotlar milliy standartlarga to‘g‘ri kelmasligi bois ularni olib kelish va sotishga ruxsat bermaganini ma’lum qildi. Yaqin vaqt ichida bu mahsulotlar mamlakat bozorlarida qanday paydo bo‘lganini aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkaziladi.
Izoh (0)