O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida faoliyatidagi ketma-ket to‘rtinchi qit’a chempionatiga yo‘l olishidan avval Temur Kapadze “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Faoliyatini “Neftchi” o‘rinbosarlari safida, hujumchi ampluasida boshlagan futbolchi 2002-yil “Paxtakor” safiga qo‘shildi. U yerda Kapadzeni turkmanistonlik mutaxassis Tachmurad Agamurodov tayanch yarim himoyachisi sifatida o‘ynata boshladi. Shu yilning o‘zidayoq terma jamoadagi debyutini nishonlagan Kapadze 2008-yil erkin agent sifatida “Bunyodkor” tarkibidan joy oldi. Osiyo Kubogi — 2011dagi muvaffaqiyatidan keyin uni Janubiy Koreyaning “Inchxon Yunayted” jamoasi o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 2012-yil yarim mavsum “Sharja” jamoasida faoliyat yuritgan farg‘onalik futbolchi 2012-yil “Aktobe” libosini kiydi.
Endilikda esa Temur “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi.
Ungacha “Olmaliq” yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov va “Bunyodkor” futbolchisi Oleg Zoteyev ham Vadim Abramov jamoasiga o‘tgandi.
Izoh (0)