Daryo

Isroil Eron yadroviy obyektlariga zarba berishga tayyorlanmoqda

Yahudiy davlati Suriya havo hujumidan mudofaa tizimlarini deyarli yo‘q qildi. Navbatdagi nishon Eron bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish7 866 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil armiyasi Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng Eronning yadroviy obyektlariga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda The Times of Israel nashri va GLZ Radio jurnalisti Doron Kadosh xabar berdi.

Foto: Getty Images

Isroil armiyasi Suriyaning havo hujumidan mudofaa tizimlarining 86 foizini yo‘q qilgan. Bu esa Isroil aviatsiyasiga havoda ustunlik beradi. Shuningdek, yahudiy samolyotlari uchun Eronga zarba berishda yuqori xavfsizlikni ta’minlashi mumkin.

Shu munosabat bilan Isroil harbiy-havo kuchlari o‘zining jangovar va potensial zarbalarga tayyorgarligini oshirishda davom etmoqda. Tayyorgarlik jarayoni razvedka va tezkor kuchlar tomonidan olib borilmoqda, Bu esa siyosiy rahbarlarga yadroviy obyektlarga zarba berish yoki bermaslikni tanlash imkonini beradi.

Isroil 1-oktyabrdagi raketa hujumiga javoban Eronning yadroviy obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqandi. Tehron “Hizbulloh” guruhi va HAMAS harakati yetakchilari o‘limiga javoban Isroilga hujum qilgandi. 

26-oktyabr kuni Isroil Eron harbiy obyektlariga javob zarbasi berdi. Tehron “cheklangan zarar” kuzatilganini e’lon qildi. Axios’ning xabar berishicha, Isroil yadro qurolini ishlab chiqish uchun uskunalar joylashgan obyektga ham hujum qilgan.

Xalqaro yadro energiyasi agentligi (MAGATE) ma’lumotlariga ko‘ra, Eron uranni 60 foizgacha boyitishni tezlashtirdi va yadro qurolini yaratish uchun zarur bo‘lgan 90 foizga yaqinlashishi mumkin. MAGATE mezonlariga asosan Tehron xom ashyoni qayta ishlashni davom ettirgan holda yadroviy qurol yaratish uchun allaqachon 60 foizgacha boyitilgan yetarli materialga ega.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar