Facebook sohibi Mark Sukerberg 2014-yil 31-dekabr kuni o‘zining 2015-yildagi eng katta maqsadi qaysi bo‘lishi kerakligi haqida maslahat so‘rab ijtimoiy tarmoqdagi obunachilariga murojaat qildi.
“Men o‘zimning keyingi yilgi katta shaxsiy maqsadim uchun g‘oyalar jamlayapman. Har yil men o‘z oldimga ma’lum maqsad qo‘yaman, bu menga dunyoqarashimni kengaytirib, Facebook’dagi ishimdan tashqaridagi yangi narsalarni bilib olishimga yordam beradi”, − deb yozdi Sukerberg.
Facebook rahbari ushbu an’anani 2009-yilda boshlagani qayd etilgan. Sukerbergning avvalgi katta maqsadlari qatorida xitoy tilini o‘rganish, faqat o‘zi o‘ldirgan hayvonlarining go‘shtini yeyish, har kuni yangi odamlar bilan tanishish va har kuniishga galstuk taqib borish kabilar bo‘lgan.
Izoh (0)