O‘zbekistonda sellyuloza-qog‘oz sanoatida va qog‘oz ishlab chiqarishda foydalanish, olinayotgan qog‘ozning pishiqlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, xomashyo bazasini kengaytirish va mikroblarga qarshi xususiyatlarini ta’minlash maqsadida qog‘oz ishlab chiqarish uchun yangi tarkib ixtiro qilindi. Bu haqda Intellektual mulk agentligiga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ushbu tarkib paxta sellyulozasidan iborat tolasimon hosila, yelimlovchi hosila — karboksimetilsellyuloza, to‘ldirgich — kaolin yoki bo‘r, bakterisid qo‘shimcha va suvni o‘z ichiga olgan. Bunda tolasimon hosila tarkibida qo‘shimcha ravishda qizilmiya chiqindilari asosidagi sellyuloza bo‘ladi.
Doniyor Nabiyev, Iroda Nabiyeva, Xalima Babaxanova, Feruza Shoxidova, Zulfiya Galimovadan iborat mualliflar jamoasi IAP-04981 raqamli ixtiro uchun patent oldi, deyiladi agentlik xabarida.
Izoh (0)