Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylarga bayram sovg‘alari topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
“Ishlab chiqilgan ish rejamizga asosan ayni kunlarda faxriylarni tibbiy-ijtimoiy, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, — dedi “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi o‘rinbosari O‘tkir Yormatov. —Jumladan, Yangi yil arafasida poytaxtimizda istiqomat qilayotgan 600 nafardan ziyod Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga sovg‘alar ulashildi.
Bayram sovg‘alarini davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ‘Kamolot’ yoshlar ijtimoiy harakati faollari nuroniylarning xonadonlariga borib topshirdi. Ularning holidan xabar olinib, ezgu tilaklar bildirildi”.
Izoh (0)