28-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda bir e’tiborga molik voqea kuzatildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Iroq terma jamoasi darvozaboni Jalol Hassan 12-raqamli futbolkada maydonga tushgan, ammo uning shortigidagi raqam 20 ekan. Uni yuqorida berilayotgan rasmda ko‘rishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston − Iroq o‘yinida hisob ochilmadi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Server Jeparov tomonidan yo‘llangan ikkinchi zarbani Jalol Hassan bartaraf etdi (golga aylangan birinchi zarba hakam tomonidan bekor qilindi).
Izoh (0)