“E’tirof – 2014” milliy mukofoti taqdimotida “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominatsiyasida g‘olib chiqqan Munisa Rizayeva hayajondan qo‘lidagi sovrinni tushirib yubordi. Bu haqda “12news.uz”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
“Men bu kunni juda ko‘p kutdim. Men bu yerda o‘zimning ustozim Doni Ilyosovni ko‘rdim. Barchaga rahmat. Ishonganingiz uchun katta rahmat”, – deb aytdi xonanda.
Munisa Rizayeva sahnani tark etayotganda bexosdan sovrinni qo‘lidan tushirib yubordi. Ushbu qiziq holat aks etgan videolavha internetda paydo bo‘ldi.
Izoh (0)