Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Bo‘ston” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi uy bekasi tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri.
Arizaga ko‘ra, kechqurun ayolning uyiga kirib, sandiqdan 1,5 million so‘m, 350 AQSh dollari va HP rusumli noutbukini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida qo‘shni qishloqda yashovchi fuqaro gumon qilinuvchi sifatida qo‘lga olindi.
Izoh (0)