O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Osiyo Kubogiga jo‘nab ketish arafasida matbuot anjumanida OAV xodimlari savollariga javob beradi. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumani 30-dekabr, seshanba kuni O‘FF anjumanlar zalida soat 12:30 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining rasmiy saytida xabar berildi.
Mirjalol Qosimov ishtirokidagi matbuot anjumani 10-yanvar kuni Avstraliyada start oladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayoni va terma jamoaning mazkur bahslardagi ishtiroki haqida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi bahslari 9-yanvar kuni start oladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa musobaqaning “B” guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mirjalol Qosimov jamoasi turnirdagi ilk o‘yinini 10-yanvar kuni KXDR terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)