25-dekabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida sodir etilgan chol-kampirning qotilligi fosh etildi. Bu haqda IIV matbuot xizmatiga asoslanib “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Marhumlar Y. Xojimetov fermer xo‘jaligining “Ko‘rik” mahallasida istiqomat qilgan.
Ushbu jinoyat yuzasidan Bo‘ka tumanida yashovchi ikki nafar fuaqro qo‘lga olingan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda. IIV jinoyatchilarning qo‘lga olinishi tafsilotlari va hodisa bilan bog‘liq hodisalar haqida ma’lumot bermagan.
Izoh (0)