Beeline mobil aloqa operatori aloqa sifatini yaxshilash maqsadida bayram kunlarida ba’zi xizmatlardan vaqtinchalik foydalanib bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Demak, 2014-yil 31-dekabr soat 18:00 dan keyingi kun soat 03:00 gacha “Bog‘lanish mumkin” va “Xabardor bo‘l” xizmatlari, 2014-yil 31-dekabr soat 22:00 dan keyingi kun soat 01:00 gacha *100#, *102#, *103#, *105#, *106#,*107#, *108#, *117# so‘rovlari bo‘yicha hisobni tekshirish xizmatlaridan foydalanib bo‘lmaydi.
2014-yil 31-dekabrdan 2015-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi abonent to‘lovi yechib olinishi hamda tarif rejalari va qo‘shimcha xizmatlar bo‘yicha bonuslar ajratilishi tonggi soat 08:00 gacha kechikishi mumkin. Ushbu davrda “Status”, “Beeline Erkinlik” va “Biznes Balans” tarif rejalaridagi bonuslarning qoldig‘ini ishlatish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)