Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri Toshkentda o‘ta yuqori tezlikda harakatlangan avtomobil tushirilgan videoyozuvni tarmoqqa chiqardi.
Avtomobilga o‘rnatilgan videoregistrator orqali tasvirga olingan videolavhada dastlab Captiva rusumidagi avtomobil ulkan tezlikda o‘tib ketgan. Uni esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar avtomobillari ta’qib qilib o‘tgan.
Video ostiga qoldirilgan izohlarda guruh a’zolari Captiva haydovchisining ushbu harakatini keskin tanqid ostiga olgan. Ayniqsa, ushbu vaziyatda yo‘lni piyodalar kesib o‘tayotgan vaqtda sodir bo‘lgani foydalanuvchilarning jahliga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)