Bugungi taomnomada — olmali shtrudel
Ushbu taomni tayyorlash uchun taxminan 40 daqiqa vaqt va 12 020 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 0,5 pachka desert uchun “Muza” xamiri
- 500 g yashil olma
- 15 g tuyilgan dolchin
- 60 g shakarqamish qandi
- 45 g yong‘oq
- 100 g sariq mayiz
- 1 ta limon
- 1 ta tuxum
Tayyorlanishi:
1. 500 g olmani po‘stidan tozalab, yarim doira shaklida ingichka qilib to‘g‘raymiz. Uni idishga solib, qorayib qolmasligi uchun yarimta limonning suvini siqib sepamiz.2. Ustiga 45 g yong‘oq va 100 g sariq mayizni pichoq bilan maydalab solamiz.
3. So‘ng 60 shakarqamish qandidan solamiz. 15 g tuyilgan dolchin va 35 g bodom qirindisini ham qo‘shib yuboramiz. Masalliqlarning barchasini aralashtiramiz.
4. Endi yarim pachka “Muza” xamirini olamiz. Uni uzunasiga yoyib, ichiga olmali qiymani solamiz.
5. Xamirning ikki chetini ustma-ust yopib, ularning orasiga va ustiga tuxum sarig‘ini suramiz.
6. Xamirning ustki qismiga naqshli kesim tushiramiz.
7. Shtrudelni 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 15—20 daqiqa davomida pishiramiz.
8. Pishiriq pishgach, uni likopga solamiz va ta’bga ko‘ra bezatamiz.
Shtrudel tayyor. Yoqimli ishtaha!
Ushbu pishiriqni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 27-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi RomAntica restorani va shaxsan bosh oshpaz Shuhrat Islomovga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida chizkeyk tayyorlaymiz hamda boshqa pishiriqlar bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)