Surxondaryo viloyatining Muzrabod tumanidagi tibbiy-sog‘lomlashtirish majmuasida favqulodda holat sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Na postu”.
1966-yilda tug‘ilgan ayolga tuman tibbiy-sog‘lomlashtirish majmuasida noma’lum shaxs hujum qilib, yuziga kuchli zarba bergan. Ayol o‘ziga kelguncha jinoyatchi uning yonidagi million so‘mni va u taqqan 9 dona tilla taqinchoqni olib qochgan. Zarba shunchalik kuchli bo‘lganidan ayolga tibbiy yordam kerak bo‘lgan.
Ushbu voqea yuzasidan ayol ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan va tez orada ushbu jinoyatda gumon qilinib Muzrabodda istiqomat qiluvchi 23 yoshli yigit hibsga olingan.
Izoh (0)