28-dekabr kuni Toshkent shahrida “Men uddalayman” deb nomlangan gamburger yeyish bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk musobaqa tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Les Ailes va Heinz savdo belgisi tomonidan tashkillashtirilayotgan musobaqaning asosiy bosqichiga O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi 9 nafar yigit-qiz o‘tadi.
Mukofot jamg‘armasi 6 600 000 so‘mni tashkil etuvchi ushbu musobaqaning birinchi o‘rin sohibiga 1 800 000 so‘m (bir yil davomida oyiga 150 min so‘mdan), finalchilarga 600 ming so‘m (6 oy davomida oyiga 100 ming so‘mdan), finalga o‘tolmagan yarim finalchilarga esa 50 ming so‘m (bir martalik) sertifikatlar topshiriladi.
Izoh (0)