O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov Janubiy Koreyaning “Seongnam” jamoasidan ketdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining tvitterdagi rasmiy sahifasiga tayanib, “Uff.uz” xabar berdi.
“Seongnam” klubi Server Jeparovga namoyish etgan o‘yini uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi. Janubiy Koreya klubi matbuot xizmati Twitter’da sof o‘zbek tilida “Rahmat, Jeparov”, deb yozib qo‘ydi.
“Seongnam” bosh murabbiyi Kim Xak-Bum esa jamoada tarkibni yangilash borasida ish olib borilayotgani tufayli Server Jeparov va Valdivia jamoadan ketganini ma’lum qildi.
“Yangi futbolchilar kelishi jamoadagi raqobatni oshiradi. Server Jeparov va Vildivia klubdan ketdi. Ularning o‘rnini bosa oladigan futbolchilarni topish oson emas. Yaxshi futbolchini kam mablag‘ evaziga olish ancha qiyin ish hisoblanadi”, — dedi murabbiy.
Izoh (0)