Buyuk Britaniya poytaxti Londonning shimolida yashovchi 48 yoshli Barabarella Byuxner o‘zining ikki mushugiga turmushga chiqdi, deb xabar bermoqda Metro.
Qayd etilishicha, insonlarga hayvonlar bilan turmush qurishga yordam beruvchi sayt ayolga mushuklar bilan turmush qurgani to‘g‘risida yuridik kuchga ega bo‘lmagan guvohnoma bergan. Ayolning qarindoshlari ushbu harakatni jinnilik deb atagan.
Byuxner yetti yil muqaddam eri bilan ajrashgach, Lugoshi va Spayder laqabli ikki mushukni o‘z qaramog‘iga olgani ma’lum qilingan. Ayol mushuklari bilan asal oyini Kanar orollarida o‘tkazgan.
Izoh (0)