Bugungi taomnomada — shokoladli muss
Muss eng ommabop va oson tayyorlanadigan shirinliklardan biri hisoblanadi.
Ushbu pishiriqni tayyorlash uchun taxminan 25 daqiqa vaqt (sovitishga ketadigan vaqtdan tashqari) va 35 212 so‘m talab etiladi.Zarur masalliqlar:
- 300 g shokolad (3 ta plitka)
- 750 ml qaymoq (yog‘lilik darajasi 35%)
- 100 g shakar
- 1 paket jele
- 1 paket vanilin
- 200 g uvalanadigan pechenye
- 50 g saryog‘
Tayyorlanishi:
1. 250 ml qaymoqni idishga solib, past olovga qo‘yamiz. Qiziy boshlagach, ichiga bo‘laklarga bo‘lingan 300 g shokoladni solamiz. Shokolad eriy boshlagach, idishni olovdan olib aralashmani yaxshilab qorishtiramiz. Shokolad va qaymoq silliq, quyuq massaga aylanishi kerak.3. Endi uvalanadigan pechenyeni olib, uni maydalaymiz. Ushbu jarayonni qo‘lda yoki blender yordamida amalga oshirish mumkin. Pechenye to‘liq uvalangach, unga eritilgan 50 g saryog‘ni qo‘shamiz va avval vilka yordamida (qo‘llar kuyib qolmasligi uchun), so‘ng qo‘l bilan aralashtiramiz. Uni yog‘langan forma tubiga solib, kaftimiz yordamida tekislab, bosib chiqamiz. So‘ng uni muzlatkichga solib qo‘yamiz.
4. Endi muss tayyorlash jarayonining eng murakkab qismiga — qaymoqni ko‘pirtirishga kirishamiz. Buning uchun qolgan 500 ml qaymoqqa (sovuq holda bo‘lishi kerak) 1 paket jeleni qo‘shib, ko‘pirtiramiz. Buni mikser yordamida yoki oddiy venchik bilan amalga oshirish mumkin. Qaymoq quyuqlasha boshlaganida 100 g shakar va 1 paket vanilinni qo‘shamiz hamda ko‘pirtirishda davom etamiz.
4. Ko‘pik oqib tushmaydigan holatga kelgach, uni shokolad va qaymoq aralashmasiga qoshiq yordamida solamiz. Ikkala massani shokolad rangiga kirguniga qadar yaxshilab aralashtirish mumkin, biroq marmar tusiga kirganida aralashtirishni to‘xtatish ham mumkin, shunda u chiroyli tus oladi.
5. Endi muzlatkichdan pechenyeli korjni olib, aralashmani unga bir tekis qilib solamiz va uni sovitgichda bir kechaga qoldiramiz.
Ertasi kuni tayyor shokoladli mussni dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Ushbu pishiriqni tayyorlashda foydalanilgan mahsulotlarni Korzinka.uz supermarketlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Ularning narxlari bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin. Narxlar 25-dekabr holatiga keltirilgan.Rukn homiysi — Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i.
Taomni tayyorlashda bergan ko‘magi uchun Toshkentdagi “Kafe” qahvaxonasi va shaxsan bosh oshpaz Pavel Georganovga minnatdorchilik bildiramiz.Ruknimizning keyingi sonlarida dudlangan mol go‘shtidan salat, syomga balig‘i va rukkoladan salat tayyorlaymiz hamda ular bilan Yangi yil dasturxonini bezatamiz.
Izoh (0)