17-dekabr kuni Respublika kinochilar uyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “Zamon va taqdirlar” ruknida “San’at-ma’no” studiyasida tasvirga olingan “To‘ti Yusupova” hujjatli filmining premyerasi va O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining rasmiy saytida xabar berildi.
Tadbirda taniqli kino arboblari, kino va teatr artistlari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari so‘zga chiqib, To‘ti Yusupovaning kino va teatr san’atiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida iliq fikrlar bildirdi.
Shundan so‘ng, aktrisaning hayot yo‘li va ijodiga bag‘ishlangan “To‘ti Yusupova” hujjatli filmi namoyish etildi. Uning monologi sifatida ishlangan ushbu filmni yig‘ilganlar yaxshi kutib oldi.
Filmning ssenariy muallifi va rejissyori — Oybek Aliyev, operatori — Igor Blidaryov.
Eslatib o‘tamiz, tadbirni “O‘zbekkino” Milliy agentligi va uning Toshkent shahar hududiy bo‘limi Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etdi.
Izoh (0)