O‘zbekistonning iste’dodli tennischisi Sabina Sharipova Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Musobaqaning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan Sabina Sharipova ilk davrada qiyin g‘alabaga erishdi. U qirg‘izistonlik Kseniya Palkinaga qarshi kechgan bahsning birinchi setini 1:6 hisobida boy berdi. Keyin 6:0 hisobida zafar quchib, muvozanatni tikladi.
Hal qiluvchi uchinchi set tay-brekka qadar davom etdi va unda Sharipovaning qo‘li baland keldi.
Izoh (0)