O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbari Armen Bagdasarov kelgusi mavsumda yaponiyalik mutaxassisni jalb etmoqchi ekanligini aytdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
“Biz shartnoma imzoladik. Bundan keyin bizning jamoaga yaponiyalik mutaxassis tavsiyalar berib boradi. Mutaxassisning yurtimizga bir yilda 3-4 marta kelishi hamda jamoamiz bilan 20—30 kun davomida Yaponiyada mashg‘ulotlar olib borishi ko‘zda tutilgan.
Mutaxassis jamoani nazorat qilib boradi. Hozircha mutaxassisning ismini oshkor eta olmayman, lekin bir narsani ma’lum qilishim mumkinki, mutaxassis yapon terma jamoasida faoliyat olib borgan mashhur sportchi, Olimpiadalar sovrindori va jahon chempioni hisoblanadi”, — deb ta’kidlab o‘tdi Bagdasarov.
Izoh (0)