Argentinaning “Son Lorenso” klubi yarim himoyachisi va sardori Xuan Mersiyer “Real”ga qarshi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvidagi hakamlikdan norozi ekanligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Biz ‘Real’ o‘yinchilariga tega olmasdik. Chunki ularga sal tegib ketsang, maydonga yiqilaveradi. Ularning har bir yiqilishiga esa hakam ular foydasiga xushtak chalaverdi. Biz o‘zimiz o‘rganib qolgan futbol namoyish etdik, ular esa bundan o‘yinga ko‘nikmagan ko‘rinadi.
‘Real’ hujumchilari doimo harakatda bo‘lib, tez-tez o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib turdi. Ammo bizga qarshi ular o‘z o‘yinlarini deyarli ko‘rsata olmadi”, — dedi Mersiyer.
Izoh (0)