Latviya poytaxti Riga shahrida sportchi va murabbiy Xaim Koganning xotirasiga bag‘ishlangan yunon-rim kurashi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik kurashchi Islom Bahromov (55 kgga cha vaznda) va Kamoliddin Zaynutdinov (59 kggacha vaznda) mazkur birinchi xalqaro musobaqaning g‘olibi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik yana ikkita sportchi Mirzajon Rahmatov (66 kggacha vaznda) va Javohir Mirahmedov (55 kggacha vaznda) musobaqaning kumush medali sohibiga aylandi.
Izoh (0)