Xitoylik multimillioner Syun Shuyxua o‘z ona qishlog‘idagi barcha uylarni yer bilan tekislab, ularning o‘rniga yangi shahar barpo etdi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.
Qurilish biznesi bilan shug‘ullanuvchi millioner bolaligida hamqishloqlari ko‘rsatgan mehr-oqibatga minnatdorchilik tariqasida Xitoy janubida joylashgan ona qishlog‘i Sionkengdagi barcha kulbalarni butunlay buzib tashlab, o‘rniga butun boshli shahar barpo etdi.
Yangi uylarga ko‘chib o‘tgan 72 oila Syunga o‘z minnatdorchiliklarini qay tarzda bildirishni bilmay qolgani qayd etilgan.
Millioner va uning oilasiga yaqinroq bo‘lgan 18 oilaga esa u har birining qiymati 4 million funt sterlingdan bo‘lgan villalarni sovg‘a qilgan.
Shuningdek, qariyalar va kambag‘allar uchun Syun har kuni uch mahal bepul ovqat tashkillashtirib bergan.
Syunning so‘zlariga ko‘ra, u shunchalik ko‘p pul topganidan mablag‘ini qayerga sarflashni bilmay qolgan. Shunda xarobaga aylanib qolgan ona qishlog‘iga ko‘zi tushgan va aynan shu yerga sarmoya tikishga qaror qilgan.
Millionerning aytishicha, bu uning hayotidagi eng muvaffaqiyatli kiritilgan sarmoya bo‘lib, bu ishdan uning o‘zi g‘oyat xursand bo‘lgan. “Men har doim o‘z qarzlarimni to‘lab o‘rganganman. Menga va oilamga yordam bergan insonlar ham buning o‘rniga nimadir olganlaridan juda ham mamnunman”, − dedi Syun.
Izoh (0)