“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu tug‘ilgan Portugaliyadagi Madeyra orolida futbolchiga atab haykal o‘rnatildi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Futbolchining o‘zi “Xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. Balandligi 2,4 metr bo‘lgan haykal Funshal shahrida o‘rnatildi. Ronaldu aynan shu joyda dunyoga kelgan.
“Men uchun ushbu sovrinni qo‘lga kiritish katta sharaf. Hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalab bera olmayman. Rivojlanishim uchun bu menga qo‘shimcha ishtiyoq beradi. Bu men uchun maxsus kun”, – dedi Ronaldu.
Izoh (0)