Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kiyevda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuv chog‘ida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina uchun zarur barcha narsani qilishga va’da berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qildi.

Foto: vazhno.ru

Foto: vazhno.ru

“Men avval ham aytganman: Belarusdan biror narsa kerak bo‘lsa — ayting, biz bir kecha-kunduz ichida so‘ragan narsangizni muhayyo qilamiz. Jamoatchilikka ma’lum qilamanki, Ukraina prezidenti nimaiki so‘ragan bo‘lsa, qilganmiz. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Lukashenko.

Bundan tashqari, Lukashenko Ukrainadagi jangovar harakatlar to‘xtashini istashini qo‘shimcha qildi.

“Men Ukrainada vaziyat yaxshi bo‘lishini xohlayman. Ko‘pchilik buni qandaydir o‘yin sifatida qabul qiladi. Siz esa bunday o‘ylamasligingizni bilaman. Siz prezidentsiz, joningiz achiydi. Menda ham shunday. Men shundan kelib chiqib aytayapman”, — dedi Belarus prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashish uchun Kiyevga yetib kelgani 21-dekabr kuni xabar qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi