O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozimlarga yangi tayinlanishlar bo‘ldi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar berdi.
Podpolkovnik Ilhomboy Tilovboyevich Xudoyberganov Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga, podpolkovnik Dilshod Jo‘rayevich Tillaxo‘jayev Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Obidjon Bobojonovich Gafarov Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Abdulatif Abdug‘ofurovich Matrasulov Buxoro viloyati Peshku tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Farhod Barakayevich Sidiqov Navoiy viloyati Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Chori Qo‘zimurodovich Shukurov Surxondaryo viloyati Uzun tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Farrux Salomovich Toirov Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Olim Mardonovich Fayziyev Transportdagi IIB Buxoro temir yo‘l bekatidagi tarmoq IIB boshlig‘i lavozimiga, mayor Miirbek Oskinbayevich Dosbergenov Transportdagi IIB Qo‘ng‘irot temir yo‘l bekatidagi tarmoq IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.