Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina va Rossiya harbiylari “Donetsk Xalq Respublikasi” va “Lugansk Xalq Respublikasi” hududlarida patrul xizmatini birgalikda tashkil qilmoqchi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: presstv.ir

Foto: presstv.ir
YXHT vakillari Donetsk viloyatining Debaltsevo hududida joylashgan Maxsus missiyani boshqarish va yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shma markazda Ukraina qurolli kuchlari vakili general-mayor Razmaznin , Rossiya qurolli kuchlari vakili general-mayor Vyaznikov hamda “DXR” va “LXR” vakillari bilan uchrashgan.

Qo‘shma markaz vakillari 28-dekabrdan boshlab  Donbassda patrul xizmatini amalga oshirishni boshlashi aytilgan. Qayd etilishicha, Ukraina va Rossiya harbiylari ushbu vazifa uchun tayyor holatda turibdi va ular o‘t ochish butunlay to‘xtatilishini kutmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi