Rossiya KXDR yetakchisi Kim Chen Inni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligini nishonlash uchun Moskvaga taklif qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In ushbu taklifni qabul qilib, 2015-yil 9-mayda o‘tkaziladigan yubileyga kelishi mumkin. KXDR yetakchisi ushbu tantanalarga taklif qilingani haqida avvlaroq Yaponiyaning “Asaxi simbun” gazetasi diplomatik manbalarga tayanib xabar bergan edi.
Shimoliy Koreyaning hozirgi yetakchisining otasi Kim Chen Ir Moskvaga 2002-yilda hamda 2011-yil avgust oyida tashrif buyurgani qayd etilgan.
Izoh (0)