2014-yil 18-dekabrda Toshkent vaqti bilan soat 20:28 da Farg‘ona vodiysida hududida 3,7 balli zilzila kuzatildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Toshkent” seysmologiya markazining ma’lum qilishicha, zilzila markazi Toshkent shahrida 260 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Farg‘ona va Andijonda zilzila kuchi 2 ballni tashkil etgan.
Yevropa-O‘rtayer dengiz seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahridan 241 kilometr, Farg‘ona shahrida 20 kilometr uzoqlikda bo‘lgan zilzila markazining kuchi 4,2 ballni tashkil etgan.
Jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)