OFK so‘nggi to‘rt yilda (2011—2014) Osiyo klublarining reyting jadvalini e’lon qildi. Unda klublarning xalqaro musobaqa — Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogidagi natijasi inobatga olingan, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
OFK koeffitsiyentlar jadvalida klublarning o‘z mamlakatiga qancha ball keltirgani haqidagi ma’lumot e’lon qilindi (ushbu jadval asosida mamlakatlarga OChL—2015 uchun kvotalar tasdiqlandi).
Unga ko‘ra, “Bunyodkor” O‘zbekistonga eng ko‘p ochko keltirgan klub sifatida qayd etilgan. Umumiy hisobda esa “qaldirg‘ochlar” so‘nggi to‘rt yilda 78 ball to‘plab, jadvalda 9-o‘rinni band etgan. Shuningdek, “Paxtakor” reytingda 52 (25 ball), “Nasaf” 53-o‘rinni (24 ball) egallagan.
Jadvalni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi boshqarib turibdi. Koreyaning “Seul” klubi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin Saudiyaning yana bir klubi “Al-Ittihod”ga tegishli. Keyingi o‘rinlarni “Guangjou Evergrand” (Xitoy), “Chonbuk Motors” (Janubiy Koreya), “Istiqlol” (Eron), “Fulad” (Eron), “Ash-Shabob” (Saudiya Arabistoni) klublari egallagan.
Izoh (0)