• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mirjalol Qosimov: Maqsad – Osiyo kubogida sovrinli o‘rinni egallash

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAAda o‘tkazgan birinchi yig‘inidan so‘ng Toshkentga qisqa safari davomida “Sports.uz” muxbiri termamizning tayyorgarliklari va BAAda o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘in xususida bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bilan suhbatlashdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

    Foto: championat.asia

    Foto: championat.asia

    “Milliy chempionat o‘yinlari noyabr oyida yakunlandi va futbolchilar ta’tilga chiqishdi. Qisqa ta’tildan so‘ng biz Osiyo kubogiga tayyorgarlikka kirishdik. Xabaringiz bor, 24-noyabrdan Toshkentda dastlabki yig‘in boshlandi. Bu bir haftalik yig‘inimiz qaysidir ma’noda tiklanish bo‘ldi. 1-dekabrdan 14-dekabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida BAA o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazdik. Bu yig‘inda biz ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratdik. Chunki, bizda yanvar bo‘lishiga qaramay Avstraliyada yoz bo‘ladi. Bu esa jismoniy faol fasldir. Issiq havoda futbolchilar chidamlilik talab etiladi. Bizning futbolchilar ham shunga mos ravishda o‘z imkoniyatlarini yuqori darajaga olib chiqishlari zarur. Shu sababli kuniga ikki mahaldan, ertalab va kechqurun mashg‘ulotlar o‘tkazdik. Qumda, trenajyor zalida va maydonda mashqlar bajardik.

    Biz BAAdagi bu yig‘inimizda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Bular – Yangi Zelandiyaning “Oklend Siti” klubi va Falastin terma jamoalari bilan o‘yinlardir. Bu uchrashuvlar bizning jamoa sifatida shakllanishimiz uchun zarur edi. Natija bunday uchrashuvlarda muhim emas. Biz biroz boshqacha o‘yin usullarini, taktik sxemalarni ham qo‘llab ko‘rdik. Mana, Braziliyada o‘tgan oxirgi jahon chempionatida ham ko‘rdikki, ko‘plab terma jamoalar 5-4-1 taktik sxemasidan foydalanishdi. Buning samaradorligi qanchalik ekanini bu o‘yinlarda sinab ko‘rdik. Bu Avstraliyadagi o‘yinlarda asqotishi mumkin. Shuningdek, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi muhim bo‘lgani bois bu jamoalar bilan o‘yinga maxsus tayyorgarlik ko‘rganimiz yo‘q. Futbolchilar biroz charchoq holatida maydonga tushishdi.

    Ikkinchi yig‘inda uchta o‘rtoqlik uchrashuvi — Iordaniya bilan va Iroq termasi bilan ikkita o‘yin rejada bor. Bilasizmi, BAAdagi dastlabki yig‘inimizda ayrim legionerlarimiz o‘z milliy chempionatlaridagi o‘yinlari sabab ishtirok eta olishmadi. Endigi safar ularning barchasi safimizda bo‘ladi. Bular — Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Sanjar Tursunov, Bahodir Nasimov, Odil Ahmedov. Ushbu futbolchilar ikkinchi yig‘inga qo‘shilishadi va Osiyo kubogi oldidan futbolchilar bir-birlarini yanada yaqin tushunib olishadi, degan umiddaman. 21-dekabrda Iordaniya, 25 va 28-dekabrda Iroq bilan o‘yinlar bo‘ladi. Afsuski, biz boshqa sparring-raqiblar topa olmadik. Ikkinchi yig‘indagi asosiy maqsadimiz o‘yinni shakllantirishdir.

    Futbolda avlodlar almashinuvi hamma vaqt bo‘lib kelgan. Yoshlar keladi va tajribali futbolchilar yonida pishib yetiladi, kattalar esa jamoani tark etadi. Bu yil ham milliy terma jamoa safiga jalb qilingan futbolchilardan Jamshid Iskandarov, Sardor Rashidov, Bobur Yo‘ldoshev, Igor Sergeyev, Eldorbek Suyunov kabilar o‘z o‘yinlarini topib ulgurishdi. Bularning kelajagi porloq. Ular o‘z ustida ishlashda davom etishlari lozim. Asta-sekinlik bilan ularga imkon berib, terma jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan yoshlarni tarkibga jalb qilmoqdamiz. O‘ylaymanki, bu kabi yoshlar Osiyo kubogida milliy terma jamoamizning o‘yiniga o‘z hissasini qo‘shishadi. Men hech qachon birgina futbolchiga ishonib qolmaganman. Futbol bu – jamoaviy o‘yin. Shu sababli ularning jamoaviy ruhini ko‘tarish, futbolchilarning yuragida Vatan hissini o‘yg‘otish kerak. Har bir mashg‘ulotda biz shunga e’tibor qaratmoqdamiz.

    Aslida Osiyo kubogida ishtirok etadigan jamoalarning birortasini kuchsiz deb bo‘lmaydi. Biz ham raqiblarni o‘rganyapmiz, ular ham bizni o‘rganishmoqda. O‘zim Shimoliy Koreyaning o‘yinini ko‘rib, kuzatib keldim. Yordamchim Baxtiyor Ashurmatov ham “Ko‘rfaz kubogi” turnirida bo‘lib Saudiya Arabistoni termasining o‘yinlarini kuzatib, disklarini olib keldi. Barcha raqiblarimiz haqida ma’lumotlar to‘plab, o‘rganib bormoqdamiz. Bizning guruhimizga qaytadigan bo‘lsak, Saudiya Arabistoni, Shimoliy Koreya va Xitoy futboli keyingi yillarda ancha rivojlandi. Biz ham qarab turganimiz yo‘q. Biz ulardan kuchlimiz va guruhdan chiqishimiz lozim.

    Maqsad – sovrinli o‘rinni egallash. Albatta, biz buni juda qattiq istaymiz. O‘FF prezidenti M. Usmonov tomonidan buning uchun bizga barcha sharoitlar yaratib berildi. Biz bu imkoniyatdan foydalangan holda o‘zimizning yaxshi o‘yinimiz va natijalarimiz bilan javob berishimiz kerak. Muxlislarimiz buni anchadan beri orziqib kutishdi. Biz ham ularni xursand qilish uchun bor kuchimizni beramiz.

    Muxlislarimizning terma jamoamiz g‘alabasini qanchalik istayotganini biz ham tushunib turibmiz. Shuni aytishim kerakki, ular agarda buni bir marta istasa biz o‘n chandon ortiq istaymiz. Hozir jamoada ana shunday muhit shakllangan. Futbolchilar Vatan oldida, muxlislar oldida faqat g‘alaba qozonishni istashadi. Biz buning uchun borimizni beramiz”, − dedi Qosimov.

    18.12.2014, 11:17   Izoh (0)   3577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyalik futbolchining JCh finalida gol urgan butsasi 2 mln yevroga baholandi

    07.12.2014, 10:52

    Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqarish uchun ikkinchi marta taklif oldi

    07.12.2014, 10:29

    Aka-uka Sindorovlar Braziliyadagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘alabaga yaqin turibdi

    05.12.2014, 08:56

    Argentinalik futbol ishqibozlari o‘yinchini g‘isht zarbi bilan o‘ldirib qo‘ydi

    04.12.2014, 14:09

    Avstraliyalik kriketchi boshiga koptok urilishi natijasida vafot etdi

    27.11.2014, 12:53

    Alisher Usmonov: London “Arsenal”idagi har bir pozitsiya kuchaytirilishi kerak

    24.11.2014, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.