Farg‘onalik shaxs Toshloq tumanida marg‘ilonlik haydovchi boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tiradi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ular biroz yurishgach, haydovchi o‘z yumushlari bilan avtomashinadan tushadi. Bundan foydalangan yo‘lovchi avtomashinani haydab qochadi.
Biroq u uzoqqa bora olmadi. Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan avtomashina ishqibozining xatti-harakatiga endi tergov jarayonida oydinlik kiritiladigan bo‘ldi.
Izoh (0)