Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kareliyadagi Vigozero ko‘li tubidan meteorit topildi. Bu haqda “Kosmopoisk” tadqiqot hamjamiyati rahbari Vadim Chernobrovga asoslanib “Rossiyskaya gazeta” xabar bermoqda.

1418479593

Ekspeditsiya 1-dekabr kuni uyushtirilgan. Qayd etilishicha, meteorit muzdan iborat. Meteorit tushgan hududda radiatsiya darajasi oshgan. Ekspeditsiya ishtirokchilari tushgan kosmik obyektdan, shuningdek atrofdagi muz va tuproqdan namunalar olgan.

Avvalroq 1-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 8 da Kareliyaning Segej rayonidagi Vigozero ko‘liga noma’lum jism tushib, qirg‘oqning bir qismini o‘pirgani va muzda diametri to‘rt metrlik tuynuk ochgani xabar berilgan. Mahalliy baliqchilarning bu haqidagi xabaridan so‘ng yetib kelgan favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ko‘l tubidan hech nima topa olmagach, bu yerga “Kosmopoisk” ekspeditsiyasi jo‘natilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi