Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstraliyalik rassom Piter Lik dunyodagi eng qimmatbaho fotosuratchiga aylandi. Ismi noma’lumligicha qolishini istagan los-anjeleslik kolleksioner Melburnda yashovchi bu rassomning “Fantom” deb nomlanuvchi suratini 6,5 million dollarga sotib oldi, deb xabar beradi “Kun” “Vesti.ru”ga tayanib.

Foto: vesti.ru

Foto: vesti.ru

Fotosurat AQShning janubi-g‘arbida joylashgan Antilopa nomli sun’iy uzun vodiyda suratga olingan.

Bu fotosuratda teshikdan g‘orga tushayotgan nur aks ettirilgan. Nur xuddi sharpaga o‘xshab ko‘rinadi, shuning uchun ham bu suratga “Fantom” (“Sharpa”) deb nom berilgan. Avvalroq avstraliyalik fotosuratchi o‘zining ushbu amerikalik ixlosmandiga “Illyuziya” suratini 2,4 million dollar va “Abadiy kayfiyatlar” suratini 1,1 million dollarga sotgan edi.

Bungacha dunyoda eng qimmatbaho fotosurat sifatida Andreas Gurski ijodiga tegishli “Reyn II” fotoportreti qayd etilgandi. Bu fotosurat 2011-yilda 4,3 million dollarga sotilgan.

Ma’lumot uchun, Piter Lik 1959-yil Melburnda dunyoga kelgan. 30 yildan beri fotosuratchilik bilan professional darajada shug‘ullanib keladi. Turli xalqaro mutaxassislar uning ishlarini yuqori baholagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi