Yevropa Chempionlar ligasining so‘nggi turida “Barselona” o‘z maydonida “PSJ”ni mag‘lub etdi (3:1) va o‘z guruhida 1-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Shu tariqa, kataloniyaliklar ketma-ket sakkizinchi marta o‘z guruhida 1-o‘rinni egallab, pley-offga chiqqan dastlabki klubga aylandi. Bunday natijani hali birorta klub qayd etmagan.
YeChL nimchorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 15-dekabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi.