Ucell mobil operatori “MTS”ning O‘zbekiston bozoriga UMS brendi ostida qaytganidan mamnun. Bu haqda Ucell bosh direktori Tonu Gryunberg ma’lum qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
“O‘zbekiston bozorida ‘MTS’ ikki yil oldin ishlar edi, biz ularni bilamiz. Biz operatorning mamlakat bozoriga qaytganidan mamnunmiz. Bunday katta bozorda atigi ikki operatorning ishlashi normal emas. Uchinchi operatorning paydo bo‘lishi − yaxshi holat”, − dedi Gryunberg.
Ucell rahbari abonentlar yangi operatorga ko‘chib o‘tishni boshlashini tushunishini, biroq kompaniya o‘z mijozlarining katta qismini saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rishini ma’lum qilgan. O‘zbekiston hukumati axborot jamiyatining rivojiga katta e‘tibor qaratayotganini e’tirof etgan Gryunberg Ucell hozirda aloqa sifatini yaxshilash va tarmoqni kengaytirish ustida ishlayotganini qayd etdi.
Izoh (0)