Takuxiro Nakai ismli endigina 10 yoshga to‘lgan yaponiyalik yosh iste’dod egasi 7 yoshidayoq o‘z vatanida “Pipi” laqabi bilan mashhur bo‘lgan. “Real” skautlari uni payqab, Madridga olib kelgach, bu vunderkindning mahorati yanada o‘sa boshladi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Uni murabbiylar o‘zidan uch yosh katta tarbiyalanuvchilar jamoasiga qo‘shib qo‘yganiga qaramasdan, Takuxiro 13 yoshli futbolchilar orasida ham yaqqol ajralib turibdi. U shu jamoa tarkibida kataloniyalik 13 yoshli futbolchilarga qarshi o‘tkazilgan “Kichik el-klasiko” o‘yinida amalga oshirgan harakatlari bilan yana bir bor barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi.
Madridlik muxlislar Takuxironi kelajakda Ronaldu darajasidagi futbolchi bo‘lib yetishishini bashorat qilmoqda.
Izoh (0)