Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqinda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “O‘zbekiston ayollari – 2014: ijtimoiy mavqe va kayfiyat” nomi ostida so‘rov o‘tkazildi. Bu haqda “Jamiyat” gazetasida chop etilgan maqola markaz saytida e’lon qilingan.

Foto: ijtimoiy-fikr.uz

Foto: ijtimoiy-fikr.uz

So‘rovda ishtirok etganlarning 92 foizidan ortig‘i o‘zi va oilasi davlatimiz tomonidan ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanayotganini bildirgan.

So‘rov natijasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘tgan yillarga qaraganda ancha yuqori ekani ma’lum bo‘ldi. 91,3 foiz ishtirokchi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatini ijobiy baholadi va mamlatatimizda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar ishtirok etishni o‘zining muhim va daxlsiz huquqi deb bilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, ularning ta’kidlashicha, hududiy boshqaruv organlari, fuqarolar yig‘inlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida xotin-qizlar keng qatnashmoqda.

Ishtirokchilarning fikricha, zamonaviy ayol o‘qimishli, jumladan, oliy ma’lumotli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Zero, bu xotin-qizlarimiz mavqeining yanada yuksalishi, turli davlat idoralarida ishlashi uchun asosiy mezonlardan biri xisoblanadi.

Ijtimoiy so‘rov ishtirokchilarining yarmidan ko‘pi o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlagani va bu bilan faxrlanishini bildirdi. Xotin-qizlar kasb tanlashda erkaklar bilan teng imkoniyatga ega. Ularning aksariyati mehnat sohasida o‘zini to‘liq huquqiy himoyalangan, deb hisoblaydi va asosiy ish joyida yaratilgan mehnat sharoitlarida mamnunligini bildirgan.

Tadqiqot davomida yana ma’lum bo‘ldiki, ishtirokchilar korxona va tashkilotlarda xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning fikricha, bu tashkilot xotin-qizlarga kundalik muammolarini hal etishda yordam bermoqda, mehnat qilayotgan xotin-qizlani ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashning amaliy vositasiga aylanib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi