5-dekabrdan 7-dekabrga qadar Minskda taekvando bo‘yicha Jahon Kubogi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Stadion.uz” “Kun”ga asoslanib.
“Minsk-Arena” velodromi binosida bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqaning uch kuni davomida 200 dan ortiq medallar to‘plami o‘ynaldi. Turnirda 17 davlatdan 7 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan 1200 ga yaqin sportchi ishtirok etdi. Ushbu ko‘rsatkich bu darajadagi musobaqalar uchun rekord natija bo‘ldi.
Kubok musobaqalarida Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Moldaviya, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ukraina, Finlyandiya, Estoniya, Angliya, Norvegiya va boshqa davlatlar vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston terma jamoasi beshta oltin, yettita kumush va 11 ta bronza medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)